Samarqand davlat tibbiyot instituti delegatsiyasini Rossiya Federatsiyasiga qilgan tashrifi doirasida rektor J.A. Rizaevni Milliy tibbiyot tadqiqot markazini “Markaziy stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy-tadqiqot instituti” direktori professor F.F. Losev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Do‘stona ruhda o‘tkazilgan muzokaralar davomida tomonilar zamonaviy tibbiyot hamda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv natijasida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Markaziy stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur hamkorlik xujjati asosida stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi bo‘yicha klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlarini qisqa tashriflarini amalga oshirish, yosh pedagog-mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, masofaviy ta’lim bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Samarqand davlat tibbiyot instituti Milliy tibbiyot tadqiqot markazini “Markaziy stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy-tadqiqot instituti” rahbariyatiga iliq qabul va hamkorlikga tayyor ekanligi uchun minnatdorchilik bildiradi.
SamDTI matbuot xizmati