Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Sechenov Universitetini Stomatologiya Institutiga tashrif

  Tibbiyotda taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot institutini rektori professor J.A. RizaevSechenov Universiteti – I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya institutida X Lektor kuni”da ishtirok etish uchun joriy yilni 22 — 25 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan boʻldi.

  “Stomatologiya institutida lektorlar kuni” Sechenov Universiteti Ye.V. Borovskiy nomidagi Stomatologiya Instituti tomonidan har yili oʻtkaziladigan tadbiri boʻlib unda Rossiya va xorijiy mamlakatlar tibbiyot universitetlarini rektorlari qatnashib kelmoqda. Joriy yilda ham uning ishida Belorus davlat tibbiyot universiteti, Saratov davlat tibbiyot universiteti, Shimoliy-Osetiya tibbiyot akademiyasi, akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti hamda boshqa rossiyalik va xorijiy tibbiyot oliygohlarini rektorlari ishtirok etdilar.

  Tashrif doirasida SamDTI rektori prof. J.A. RizaevniSechenov Universitetini birinchi prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.A. Svistunov bilan uchrashuvni boʻlib oʻtdi. Tomonlar Samarqand davlat tibbiyot instituti va Sechenov Universiteti oʻrtasidagi samarali hamkorlik 2012 yildan buyon ekanligini, hamkorlikda koʻplab taʼlim va ilmiy-tadqiqot loyihalar amalga oshirilib kelishini taʼkidlab oʻtdilar.

  Oʻtkazilgan muloqot davomida oliygohlar oʻrtasidagi hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish boʻyicha kelishildi. Shu jumladan, ordinatura, magistratura va doktorantura bosqichlarida hamkorlik qilish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish hamda SamDTI klinik ordinatorlari va yosh oʻqituvchilarini Sechenov Universiteti tegishli kafedra va klinikalarida qisqa muddatli tajriba almashuvlarini amalga oshirish haqida kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati