Dunyo olimlarining odamlardagi kasalliklarni davolash va qarshi kurashda samarali natijalarga erishayotganliklari, tibbiyotni kun sayin rivojlantirib, millionlab insonlarning hayotini turli xil yuqumli kasalliklardan immunoprofilaktika orqali saqlab kelinayotganiga imkon yaratib bormoqda.
Barcha kontinentlarda amalga oshirilayotgan aholining immunizatsiyasi
Hozirda immunoprofilaktika orqali yangi dunyoga kelgan chaqaloqni ham emlab, kelajakda unga jiddiy muammolarni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga qarshi sunʼiy immunitet paydo qilish, amaliyotini qoʻllanilishi bilan millionlab bolalarning sogʻligʻini himoyalab kelinyapti.
SamDTIda boʻlib oʻtgan yigʻilishda, Vaksina — maʼlum bir patogenga qarshi organizmda immunitetni rivojlantiruvchi preparat ekanligi, bolalarda profilaktik emlashni aholi orasida keng targʻib qilish va emlashga qarshi koʻrsatiladigan asab tizimi kasalliklari tomonidan tibbiy cheklovlarni muhokama qilinib, bu borada qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida aytib oʻtildi.
Yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh mutaxassisi, “Oʻzbekiston bolalar nevrologlari jamoat birlashmasi” raisi , Tibbiy xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Bolalik asab kasalliklari” kafedra mudiri , professor
Hozirgi vaqtda dunyoda emlash vositalari bilan 40 ta yuqumli kasalliklarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda va bu hali barchasi emas. Immunoprofilaktika bir qator infeksiyalarni nafaqat yoʻq qilish balki, kelajakda boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash sonini oshirib borilishga yoʻnaltiriladi.
Yaqin kelajakda tibbiyot amaliyotida ularni ommaviy qoʻllash bilan qoʻshimcha millionlab odamlar hayotini saqlab qoladigan yangi vaksinalar tatbiq qilinadi.
Mamlakatimizda bu jarayon 100% bolalarni qamrab olgan boʻlib, boshqa davlatlardan farqli ravishda barcha vaksinatsiya ishlari bepul amalga oshiriladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 13 ta turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi bolalar emlanib, buning natijasida quyidagi kasalliklardan toʻla himoyalanishga erishib,
- poliomiyelit,
- difteriya.
- qizilcha, qizamiqdan keyingi oʻlim koʻrsatgichi, deyarli yoʻq.
- gepatit V keskin kamayishi
- XIB ( V tipli
-
- pnevmokokk infeksiyadan soʻng oʻlim koʻrsatgichi kamayishi,
- virus papillomasi keltirib chiqaradigan kasalliklarning oldi olinib borilmoqda.
Yuqoridagi maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, jahonda professional emlashlarni qoʻllanilishi 1 yilda 2,5 million nafar insonlar hayotini turli xil kasalliklar va oʻlimdan qutqarib
Emlash jarayoni qanchalik sifatli, yaʼni preparat saqlanishi va muolajalari toʻgʻri olib borilsa, normada har qanday bolada mahalliy yoki umumiy reaksiya kuzatilishi haqida ham aytib oʻtildi.
Reaksiya bu organizmni patogenga qarshi javobi boʻlib, emlashdan oldin ota- onalarimizga toʻgʻri tushuncha berishimiz kerak va bu jarayonlarda qanday yoʻl tutishi haqida ham aytib oʻtishimiz kerak boʻladi.
Hozirgi vaqtda vaksinalar uchun maʼlum talablar mavjud. Bular :
- vaksina xavfsiz boʻlishi
- vaksina nojoʻya taʼsirsiz himoya immunitetini keltirib chiqarishi
- immunogen taʼsirga ega boʻlishi lozimligi
- vaksina immunitetning “toʻgʻri” ( zarur) turini keltirib chiqarishi,
- vaksinalar yaroqlilik muddati barqaror boʻlish kerak.
Aholini sogʻligʻini saqlashning asosi sifatida emlanish jarayoni yillar davomida oʻz ahamiyati yoʻqotmay, aksincha soʻngi 20 yil davomida ommaviy immunizatsiya jarayoni zarurligi bugungi pandemiya davrida ham oʻz tasdigʻini topdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham ommaviy immunizatsiya borasida oʻz tajribalarini yana-da kengaytirib, amaliyotga tatbiq qilib boryapti.
Yigʻilish yakunida maʼruzachilar va ishtirokchilar yurtimizda yuqumli kasalliklarning profilaktikasi bilan bogʻliq kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda respublikamizda immunoprofilaktika sohasida qilinishi kerak boʻlgan ishlar muhokama qilishdi.