Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTIda “Medic cup” musobaqalariga start berildi

  21-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida sport bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish hamda mehnat jamoasi va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 9 ta fakultetdan 48 ta jamoalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Medic cup” sport musobaqalariga start berildi.

  Sport o'yinlari institutni yoshlar ishlari bo‘yicha prorektori Eldor Tangirov va fakultet dekanlariboshchiligida ochildi. Fakultutlar jamoalari 10 kun davomida oʻz kuchlarni sinashadilar. Musobaqalar yakunida g‘olib jamoalar diplomalar va esdalik soqg‘alari bilan taqdirlanadilar.


SamDTI matbuot xizmati