29 mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ular urtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maksadida Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs Markazini tashabbusi bilan bosh binoda “Kitob-bilim manbai” rukni ostida kitoblar savdo ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada ishtirok etgan viloyatimiz kitob do‘konlari respublikani deyarli hamma yetakchi nashriyotlar tomonidan barcha sohalarga tegishli bo‘lgan adabiyotlarni taqdim qildilar. Kitob savdo ko‘rgazmasida faol ishtirok etgan institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun kitoblar bilan tanishish va ularni olishga imkoniyatlar yaratildi.
SamDTI matbuot xizmati