Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTI olimalari «Olimalaring jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni» konferensiyasida ishtirok etdilar

  Hammaga ma’lum, mamlakatimiz taraqqiyotini hozirgi bosqichida xotin-qizlarni faolligiga ko‘maklashish, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga jalb etish orqali potensiallardan keng foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.

  “Olima ayollar” Samarqand viloyat Uyushmasi O‘zLiDeP siyosiy partiyasi viloyat Kengashi Ayollar qanoti bilan hamkorlikda o‘tgan yil yakunlari va yangi yil rejalari hamda Prezidentimizning Murojaatnomalari targ‘iboti bo‘yicha “Olimalarning jamiyat taraqqiyotidagi urni” mavzuida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Samarqand davlat tibbiyot institutini olima-ayollari ham faol ishtirok etdilar.

  Olimalarimiz tomonidan taqdim qilingan innovatsion ishlanmalar tashkiliy ko‘mita hamda konferensiya mehmonlari tomonidan yuqori baholandi. Barcha faol ishtirokchilar anjumanni faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

SamDTI matbuot xizmati