14 yanvar - Vatan himoyachilari Kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 29-yilligi Samarqandda keng nishonlanadi.
Bayram tadbirlari buyuk davlat va siyosat arbobi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi. Barcha tadbirlarda Samarqand davlat tibbiyot institutini vakillari ham faol ishtiroq etdilar.
Vatan himoyachilari Kuniga bag’ishlangan tadbirlar harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari, harbiy xizmatchilarining harbiy chiqishi hamda harbiy texnikalarni tantanali paradi bilan davom etildi. Shuningdek, bayram shodiyonasi munosabati bilan viloyat hamda shahar yoshlari o’rtasida sport ko’rgazmalari, harbiylar hayotiga doyir texnika va turli dala maydonida ishlatadigan chodirlar ko’rgazmasi ham o’tkazildi. Yuksak darajada tashkil etilgan bayram tadbirlarida halqimiz va milliy armiyamizni yaxlitligi hamda halqimizni tinchligini asrab avaylayotgan Qurolli Kuchlarni qudrati namoyish etildi.
SamDTI matbuot xizmat