SamDTI matbuot xizmatiSamDTI matbuot xizmatiSamDTI matbuot xizmati
Mamlakatimiz tibbiyot tizimi oldida hozirgi vaqtda aholi salomatligini muhofazalashga yo‘naltirilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, tibbiy-profilaktika tadbirlarini yanada takomillashtirish, fertil yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, nogironlar, surunkali kasalligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bemorlar holidan xabar olish va tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish buyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirish kabi maqsadlar qo‘yilgan. Joylarda aholini sifatli tibbiy ko‘riklarini o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzi asoslarini tushuntirish ishlarida Samarqand davlat tibbiyot instituti xodimlari va talabalari ham munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Sog‘liqni saqlash tizimini birlamchi bo‘g‘inlariga ko‘maklashish, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini ko‘tarish maqsadida otorinolaringologiya va 2-son stomatologiya kafedralarini xodimlari Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldilar.
Institutni otorinolaringologiya kafedrasi mudiri professor N.J. Xushvakova rahbarligida viloyatimizni Urgut tumani Quyi Tegana qishlog‘idagi 81-maktabida profilaktik ko‘rik o‘tkazildi, stomatologiya fakulteti dekani A.A. Axmedov va 2-son stomatologiya kafedrasi assistenti U.A. Xolboev tomonidan esa tumandagi 107-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilarida stomatologik profilaktika muolajalari o‘tkazildi. Tashkil etilgan ko‘riklar va mutaxassislar tomonidan berilgan konsultatsiyalar aholi vakillari va tibbiyot xodimlari tomonidan minnatdorchilik bilan qabul qilindi.
Institutni otorinolaringologiya kafedrasini xodimlari 5 va 6 kurslar talabalari klinik amaliyot o‘tayotgan Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida ham bo‘ldilar. Institut talabalari biriktirilgan xududda maxalliy mutaxassislar bilan birgalikda axolini xatlov va antropometriyadan o‘tkazish, aholi o‘rtasida “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (yurak-qon tomir, nafas olish yullari kasalliklari, qandli diabet va semizlik) xaqida tushuncha va uning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillarini tatbiq qilish, jismoniy faollik va uning axamiyati to‘g‘risida targ‘iboti, xududdagi ahvoli og‘ir va murakkab bemorlarni aniqlab, ularga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ko‘rigidan o‘tkazishni tashkillash kabi ishlar bilan shug‘unlanmoqdalar. Institut xodimlari joylarda tibbiy ko‘rik hamda talabalar va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun mahorat-darslarni ham o‘tkazdilar.
Institut talabalari va professor-o‘qituvchilarini joylardagi faoliyati birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini xodimlari va mahalliy aholi tomonidan iliq minnatdorchilik bilan kutib olinmoqda.
SamDTI matbuot xizmati