Epidemiologiya kafedrasi TIJ "yosh epidemiologlar" deb nomlanib TIJ azolari kafedra professor o’qituvchilariga biriktirilgan bo'lib, ular o'rtasida ustoz - shogird ananalari yaxshi shakllantirilgan. TIJ raisi st ass Qobilov N.N. bo'lib xisoblanadi. Kafedra TIJ ishchi rejasi kafedra mudiri va masullar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, TIJ faoliyati ushbu ishlab chiqilgan reja bo'yicha olib boriladi. Kafedra TIJ azolari yig’ilishlarini oyda 2 marta xaftaning chorshanba kunlarida kafedra o’quv xonasida olib boriladi. O'tkazilgan yig’ilishlar bayonnoma tarzida rasmiylashtirilib boriladi.
Kafedrada o'tkazilgan yig’ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo'lgan birlamchi xujjatlarni to'plash, ularni qayd qilish, yuritish xaqida tushunchalar berib borish barobarida talabalarning oratorlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida o'z ilmiy ishlariga doir mavzularda prezentasiyalar taxlanib, ularning taxlillari xam olib borilmoqda.
Kafedra mudiri va masullar tomonidan Sam DTU iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo'lib talabalar ilmiy ishlari bo'yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borishmoqda. TIJ azolari xozirgacha o'tkazilgan maxalliy, xalqaro olimpiadalar, konfrentsiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko'rsatib kelishmoqda.
TIJ yigilishidan foto lavxalar