×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 3, 4, 5 kurs davolash ishi, tibbiy pedagogika, pediatriya, 3, 4 kurs tibbiy profilaktika, stomatologiya, xalq tabobati, 2,3 kurs halqaro ta’lim fakulteti talabalari «Psixiatriya, narkologiya», «Psixiatriya, narkologiya. Bolalar psixiatriyasi», «Tibbiy psixologiyasi», «Клиническая психология», «Психология здоровья», «Дифференциальная психология», «Основы нейропсихологии и патопсихологии» fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  Kafedra assistentlari tomonidan 3 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi, o‘quv qo‘llanma nashrga tayyorlanmoqda, mt.sammu.uz o‘quv tizimidagi ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib, tasdiqlangan jadval asosida ochiq ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:


  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni dispenser, kunduzgi statsionar va Samarqand viloyat ruxiy kasalliklar shifoxonasi barcha b’olimlarida ko’rish tashkil etilgan.

   

    SamDTU Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi mudiri t.f. n. dotsent A. S. Velilyaeva va FPDO psixiatriya kursi mudiri PhD dotsent U. U. Ochilov stajirovkada psixomotor reabilitatsiya Oliy instituti, Parij, Frantsiya. 2023 yil 10-15 iyul.