Kafedrada 4 kurs davolash ishi, 3-4 kurs kasbiy ta’lim fakulteti talabalari ichki kasalliklar fanlari dasturi asosida taxsil olishadi.
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
«Терапия» darslik (rus tilida) – A.G. Gadayev, X.S. Axmedov., M.A. Sobirov, G.Z. Shodikulova
|
|
«Тerapiya» darslik (o`zbek tilida) A.G. Gadayev, X.S. Axmedov, M.A. Sobirov, G.Z. Shodikulova | |
«Kardiologiyada miokard infarkti va unga o’xshash holatlar, sindromlar EKG belgilari» o‘quv uslubiy qo‘llanma – Shodikulova G.Z. | |
«Ichki kasalliklar fanidan amaliy ko`nikmalar» G.Z. Shodikulova, Z.B. Babamuradova | |
«Алгоритм ранней диагностики недифференцированной дисплазии соединительной ткани» методическое пособие – G.Z. Shodikulova, Z.B. Babamuradova | |
«Алгоритм ранней диагностики ревматоидного артрита и анемии в зависимости от полиморфизма гаптоглобина» методическое пособие – G.Z. Shodikulova, U.S. Pulatov |
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proyekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.