Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

Alisov A. A.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi 1933 yil Samarkand tibbiyot instituti qoshida tashkil kilingan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Alisov A. A. ushbu kafedrani 1933-1938 yillarda boshkargan. Bu davrda kafedra xodimlari tomonidan 14 ta ilmiy ish, 1 ta monografiya chop etilgan, xamda 1 ta fan nomzodligi yoklangan. Usha yillarda I. P. Blank, I. A. Kusaev, M. N. Vindman, M. M. Bundje tomonidan yuqumli kasalliklar mavzusida ilmiy tadkikot ishlari olib borildi. I. P. Blank 1932-1935 yillar davomida «Ich terlatmaning uziga xos kechish xususiyatlari» mavzusini yoritib berdi. 1938 yildan 1949 yilgacha «Yuqumli kasalliklar» kafedrasida dotsent Kusaev I. A. mudirlik kildi. Bu davrda xodimlar tomonidan 20 ta ilmiy ish yozilib, 2 ta tibbiyot fanlari nomzodligi yoklandi. Ushbu yillar davomida kafedra xodimlari «Korin tifining davosi va bugma kasalligining kechish xususiyatlarini» chukur va mukammal urganishdi.

Ragoza N.I.

    Ikkinchi jaxon urushi vaktiga kelib, Lelingradda joylashgan Xarbiy tibbiyot Akademiyasi buyruk asosida Samarkand shaxriga evakuatsiya kilindi. Akademiyada faoliyat yurituvchi mutaxassis Ragoza Nikolay Ivanovich shu munosabat bilan Samarkand yuqumli kasalliklar kafedrasida mexnat faoliyatini davom ettirdi. Ragoza N.I. infeksionist mutaxassis sifatida epidemik uchoklarda korin tifi buyicha ishlarni olib bordi. Natijada 2 tomdan tashkil topgan «Korin tifi» tuplamini ishlab chikardi. Ragoza N.I. ning kupgina makola, ma’ruza va tuplamlari dizenteriya va brusellezga bagishlangan. Ragoza N.I. turli xil soxalarda terapevt-infeksionist va pedagog sifatida faoliyat yuritgan katta tajribaga ega mutaxassis xisoblanadi.

Musabaev I.K

    1949-1951 yillar davomida kafedrani Uzbekiston Respublikasi FA si, Rossiya FA si muxbir a’zosi, Uzbekiston Respublikasi va Korakolpogiston avtonom Respublikasida xizmat kursatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor I. K. Musabaev boshkargan. U kishining 400 ga yakin ilmiy nashr kilindi. 17 ta doktorlik xamda 85 ta nomzodlik ishlariga raxbarlik kilgan. Bu davrda kafedrada N. P. Grishko, M. N. Vidman, X. Z. Zokirov, F. L. Bekmatova kabi olimlar faoliyat yuritib, «Tif-paratif kasalligi paytida jigar faoliyatining buzilishi» muammosini urgandilar.

  Kafedraga 1953 yildan 1957 yilgacha F. A. Dyakovskiy mudirlik kildi. 1959 yildan 1960 yilgacha kafedrani P. A. Alekseev boshkardi.

Toshpulatov A.A

  1961-1985 yillar davomida kafedraga professor Toshpo‘latov Abdurahim Azizovich mudirlik lavozimida faoliyat yuritdi. Toshpo‘latov Abdurahim AzizovichSSSRning "Faxriy nishoni" ordeni, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining diplomlari, "Mehnat faxriysi" medallari, hukumatning faxriy nishonlari bilan taqdirlangan. Toshpulatov A.A. rahbarligida bu davrda kafedra xodimlari Respublikamizning turli mintaqalarida keng ko‘lamli pedagogik, tibbiy va konsalting ishlarini olib bordilar. «Ichburug kasalligining patogenezi, klinikasi, davolash va epidemiologiyasi xamda boshka parazitar invaziyalar bilan asoratlanishi» masalalari bilan shugullandilar. Toshpo‘latov A.A.boshchiligidagi ilmiy-tadqiqot ishlari parazitar invaziyalar murakkab bo‘lgan davrdadizenteriya kasalligi epidemiologiyasi, patogenezi, davolash masalalari bilan bog‘liq edi. Bu kasallik 60-80-yillarda judamuhim edi. Klinitsistlarorasida birinchilardan bo‘lib A.A.Toshpo‘latov jiardiyazning klinik shakllari tasnifini ishlab chiqdi, gepatobiliar tizim va ichak lyambliyalariklinik ko‘rinishini tahlil qildi, lyambliyalar shartli ravishda patogen ichak paraziti ekanligini aniqladi. Toshpo‘latov A.A.ning ilmiy ishlarida, bugungi kunda nafaqat yuqumli kasalliklar mutaxassisibalki boshqa mutaxassislik shifokorlari uchun ham sog‘liqni saqlashda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jiardiaz invaziyasining ahamiyati ko‘rsatib berildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari 3 ta doktorlik, 7 ta dissertatsiya va 2 ta monografiyani himoya qilish uchun asos bo‘ldi. A. A. Toshpo‘latov rahbarligida 181 ta ilmiy ish chop etildi, 2ta monografiya yozildi hamda 4 ta fan nomzodligi yoqlandi.

E. S. Burxonov

    1974 yilda esa 2-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida aloxida bolalar yuqumli kasalliklari kursi tashkil kilinib, kurs mudiri kilib, dotsent E. S. Burxonov tayinlandi. Bu kurs tarkibida S. X. Abdullaev, A. X. Tursunov, L. Sh. Mukumov, U. O. Ochilov, G. X. Alimova, S. A. Axmedova, R. M. Rasulov, S. U. Umarova, M. Z. Xasanova, A. O. Orzikulovlar ishladilar.

Vafokulov S.X

  1980 yilda kurs kafedraga aylantirilib, tibbiyot fanlari doktori S. X. Vafokulov mudir kilib tayinlandi. Kafedra xodimlari «Ichak yuqumli kasalliklari, virusli gepatitlar va utkir isitma bilan kechadigan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisini urganish» buyicha ilmiy izlanishlar olib bormokdalar. 1986 yil professor S. X. Vafokulov Jaxon Soglikni saklash tashkilotining «Utkir diareya» kasalliklarini urganish guruxi raxbari Maykl Merson bilan birgalikda Respublikada ilk marotaba amaliyotga «Oral regidratatsiya» usulini tatbik kilishdi. Xozirgi kunda bu usul Respublikamizning barcha shifoxonalarida dasturamal sifatida kullanilib kelinmokda. Respublika mikyosida birinchi marotaba «Bolalar orasida ichak iersiniozi kasalligi», «Rotavirusli infeksiya», «Kampilobakterioz kasalligi» tashxisini tashkil kilish yulga kuyildi. 1980 yildan beri amaliyotga 400 dan ziyod ilmiy ishlar, 70 dan ortik ukuv uslubiy tavsiyanomalar tatbik kilingan. 1 ta fan doktori 4 ta fan nomzodi tayyorlangan. 1988 yil Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash Vazirligi buyrugiga asosan yuqumli kasalliklar kafedrasi va yuqumli kasalliklar shifoxonasi birlashtirilib, «Yuqumli kasalliklar ukuv ilmiy davolash birlashmasi» tashkil etildi. 1997 yilning sentabridan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi birlashtirilib, « Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya» kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra mudiri professor S. X. Vafokulov raxbarligida 2 ta nomzodlik ishi ximoyaga tayyorlanmokda. 2002 - 2007 yilar xalkaro tashkilotlar bilan xamkorlikda «Uzbekistonda isitma bilan kechadigan kasalliklarni zamonoviy tekshirish usullari va ularni takomillashtirish» masalasi yuzasidan ilmiy-tadkikot ishlari olib borildi. Professor S. X. Vafokulov 1988 yildan Samarkand viloyati infeksionistlar jamiyatini boshkarib kelmokda. S. X. Vafokulovning bevosita yordami bilan Samarkand shaxrida «Yuqumli kasaliklarning oldini olish va urganish» muassasalarida Xalkaro anjumanlar, konferensiyalar utkazildi. Unda Amerika, Chexiya, Polsha, Misr, Slovakiya, Rossiya olimlari katnashdilar. Professor S. X. Vafokulov AKSh ning Atlanta shaxrida, Koxirada, Moskva, Sankt – Peterburg, Nijniy – Novgorod, Kiev, Riga, Tbilisi, Alma – Ata, Bishkek shaxarlarda bulib utgan xalkaro simpoziumida katnashgan va ma’ruza kilgan.

Yarmuxamedova M.K

  2012-2014 SamTI “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatoveerologiya” kafedrasi mudiri vazifasida Yarmuxammedova Maxbuba Kudratovna tayinlangan. 1985 yildan SamMI “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasiga konkursdan utib ishga qabul qilingan. 1993 yil iyun oyida «Yuqumli kasalliklar» mutaxassisligi bo‘yicha ,,Znachenie irridodiagnosiki pri virusnыx gepatitax A i V” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy ish staji 39 yil, Samarqand Davlat tibbiyot institutida ilmiy pedagogik ish staji – 35 yilni tashkil kiladi. 2000-2012 yillar “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermatovenerologiya” kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunga qadar 4 ta magistrlik ishiga rahbarlik kilgan. Yarmuxamedova M.K. “Yuqumli kasalliklar” bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liq xolda ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu kunga qadar 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, jumladan 45 ta o‘quv qo‘llanma, 72 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratgan. Dotsent M.K.Yarmuxamedova yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, institutda joriy qilingan kredit-modul o‘qitish tizimi bo‘yicha Pediatriya va Davolash fakultetlari beshinchi va oltinchi kurs talabalariga ma’ruzalarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o‘qib kelmoqda. Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga dotsent M.K.Yarmuxamedova bemorlarga konsultativ yerdam o‘tkazmoqda. U institut va kafedra ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha umum jamoa ishlarida faol qatnashib kelmokda. Institut talabalari, bemorlarning ota-onalari va mahalla aholisi orasida dotsent M.K.Yarmuxamedova ma’naviy- targ‘ibot ishlarni faol va muntazam ravishda olib borayapti.

  2013 yil kafedra tarkibiga dermatovenerologiya kafedrasi biriktirildi. Kafedra nomi «Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” deb o‘zgartirildi.

  2013 yildan boshlab hozirgi kungacha kafedra mudiri bo‘libdos. Yarmuxammedova N.A. hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 43 tasi chet el jurnallarida nashr etilgan. Dos. Yarmuxammedova N.A. Moskva, Sankt-Peterburg, Ostona, Istanbul, Bukovinada bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirok etdi.

2020 yilda kafedra tarkibidagi “Epidemiologiya” va “Dermatovenerologiya kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar” kafedrasiga aylandi.