×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  2014-yil avgust oyidan hozirgi kungacha kafedraga dotsent Yarmuxamedova Saodat Xabibovna rahbarlik qilmoqda

  Yarmuxamedova S. X. 1966-yil Samarqand shahrida tug'ilgan. 1989-yilda SamDTI davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2004-yildan tibbiyot fanlari nomzodi, 2010-yildan Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti.

  Kafedra 1932-1933-o'quv yilida tashkil etilgan bo'lib, SamDTI klinikasining terapevtik bo'limi bazasida joylashgan. Kafedraning birinchi mudiri va tashkilotchisi professor S. P. Zavadskiy edi.

1934 yilda kafedra mudiri etib dotsent A.R.Gextman tayinlandi.

  1936-1941-yillarda ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga dotsent T.S.Mnatsakanov rahbarlik qilgan. Shu yillar davomida kafedrada Bezgakni davolash, suv-tuz almashinuvi va pigmentli metabolizmni o'zgartirish, krupoz pnevmoniyanining klinikasi va davolash masalalari chuqur o'rganildi.

  1941-yil urush boshlangandan so'ng kafedra faoliyati vaqtincha to'xtatildi, chunki SamDTI klinikasining davolash binolarida evakuatsiya qilingan Leningrad harbiy-tibbiyot akademiyasi kafedralari joylashtirildi.

  1942-yilda kafedra faoliyati qayta tiklandi. Kafedra mudiri etib dotsent A.X.Malyar tayinlandi.

  1943-1945-yillarda kafedraga professor A.S.Mnushkin rahbarlik qilgan.

  1945-yilda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga yana dosent A.X.Malyar (1945-1949 yy.) rahbarlik qilgan. 1949-yilda kafedra mudiri etib B.D.Davidov saylandi, u 1951-yilgacha kafedraga rahbarlik qildi. Shu yillarda limfogranulyomatozning splenomegalik shakli va qorin bo'shlig'iga suyuqlik yig’ilishi masalalari o’rganildi, alimentar distrofiyada almashinuv masalalari o'rganildi.

  1951-1963-yillarda Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri professor M.K.Kulmatov bo'lgan. Kafedraning ilmiy yo'nalishi brutselyoz, krupoz pnevmoniya va trixodesmotoksikoz masalalarini o'rganish edi.

  1963-1965-yillarda kafedraga dotsent O’.K.Vaxabova rahbarlik qilgan. Kafedraning ilmiy yo'nalishi ateroskleroz, arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalliklarining epidemiologiyasi, davolash va oldini olish masalalari edi.

  1965-yildan kafedraga dotsent, keyinchalik professor B.X.Xamzaliyev mudirlik qilgan. Kafedraga 27 yil (1965-1992-yillar) rahbarlik qilgan. Bu yillarda kafedraning asosiy ilmiy yo'nalishi anemiya masalalarini o'rganishga qaratildi.

  1992-yildan 1995-yilgacha kafedraga professor G.X.Xaydarova rahbarlik qilgan.

  G.X.Xaydarovaning boshqa kafedraga o'tishi munosabati bilan ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga dotsent R.R.Sattarov (1995-1997-yy.) rahbarlik qilgan. 1997-yilda ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi kurs sifatida 1-sonli ichki kasalliklar kafedrasiga qo’shildi va ushbu kafedraga 1997-1999-yillarda professor G.X.Xaydarova rahbarlik qilgan.

  Samiyev Utkur Basirovich - 1952-yilda tug'ilgan. 1976-yilda SamDTI davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1986-yildan tibbiyot fanlari nomzodi, 1993-yildan dotsent.

  1999-yildan kafedra mudiri etib dotsent U.B.Samiyev tayinlandi.

  2002-2003-o'quv yilida institutda talabalar soni ortdi, kafedralar shtatlari kengaytirildi va ichki kasalliklar propedevtikasi kursi yana mustaqil kafedra maqomiga ega bo'ldi, dotsent U.B.Samiyev kafedra mudiri etib tayinlandi.

  2011-2014-yillarda kafedrani dotsent Abdullaev Nurmamat Abdullayevich boshqardi

    Abdullayev N.A. 1945-yil Xorazm viloyati Xiva shahrida tug'ilgan. 1967-yil SamDTI davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1974-yildan tibbiyot fanlari nomzodi, 1992-yildan fakultet terapiya kafedrasi dotsenti. Shu bilan birga, u SamDTI 1 klinikasining Bosh vrachi edi.

    Professor T.S.Mnatsakanov, O’.K.Vaxabova, S.A.Aripov O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi bo'ldi. Professor B.X.Xamzaliyev, dotsent M.N.Xayitov, dotsent V.I.Garkusha keyinchalik O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimlari bo'ldi. Professor O’.K.Vaxabova SSSR Oliy Kengashining ikkinchi chaqiriq deputati edi. Professor T.S.Mnatsakanov, professor M.K.Kulmatov, professor G.X.Xaydarova Davolash fakulteti dekani. Professor T.S.Mnatsakanov, professor O’.K.Vaxabova, dotsent M.N.Xayitov, dotsent U.B.Samiyev SamDTI prorektorlari bo'lib ishlagan.

    M.N.Xayitov (1960-1966-yillar), O’.K.Vaxabova (1966-1981-yillar), S.A.Aripov (1981-1986-yillar) SamDTI rektorlari bo'lgan. M.N.Xayitov (1966-1974 yy.) Samarqand shahar qo'mitasining birinchi kotibi, S.A.Aripov avval vazir o'rinbosari (1972-1979-yy.), so'ngra O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vaziri (1979-1981 yy.) bo'lib ishlagan.

    Bugungi kunda kafedra xodimlari 16 kishidan iborat. Kafedrada S.X.Yarmuxamedova, PhD Tairov D.R., katta o’qituvchi Nazarov F.Yu.,  assistentlar X.D. Maxmudova, Xaydarova Z.E., Vafoyeva N.A., Bekmuradova M.S., Gafforov X.X., Xusainova M.A., Normatov M.B., Yarmatov S.T., Xaydarov S.N., Ergasheva M.T., Kamolova D.J., Uzoqov J.B. va Azizova Sh.K.lar faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedra SamDTU Ko’p tarmoqli klinikasining 2-terapiya (Kardiologiya) bo'limi negizida joylashgan. Kafedraning asosiy ilmiy yoʻnalishi-kardiologiya va revmatologiya muammolari. Bugungi kunda kafedrada bemorlarni davolash va talabalarni oʻqitish uchun barcha sharoitlar yaratilgan: palata, oʻquv xonalari va konferensiya zali.