Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tashabbusi bilan "Medical English" muntazam workshop va master-klass kursi tashkil etilgan bo‘lib, universitet talabalariga mazkur kurs haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Kursda IELTSga tayyorgarlik, magistratura uchun ingliz tili hamda xalqaro tibbiy imtihonlar (USMLE) kabi muhim mavzular ko‘rib chiqiladi.
SamDTU barcha talabalari uchun ishtirok etish mutlaqo bepul!
Batafsil ma’lumot uchun: @bekhbudi_sh (Bekhbudi Shavkat)

SamDTU Matbuot xizmati