Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurgan Hindistonlik mutaxassislar Dr. Pritpal Singh va Dr. Jasdeep Singh Bedilar bilan horijlik talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Dr. Pritpal Singh va Dr. Jasdeep Singh Bedilar tomonidan universitet va unda yaratilgan sharoitlar, xorijlik talabalar salmog‘i hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligi borasida iliq fikrlar bidirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ qarashli Samarqand bekati shifoxonasi direktori Odiljon Ishankulov ham soʻzga chiqib, xorijlik mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar hamda jarrohlik amaliyotlariga toʻxtalib, oʻzaro hamkorlik istiqboliga umid bildirdi.
Talabalar bilan ochiq muloqot tarzida kechgan tadbir so‘ngida mehmonlarga Xalqaro ta’lim fakulteti dekani S.Mamaradjabov tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida Mehmonlar bilan Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti pediatriya fakultetining xirurgik kasalliklar kafedrasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli Samarqand bekati shifoxonasida bemorlar uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi hamda Hindistonlik shifokorlar ishtirokida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari, bajarildi.
SamDTU Matbuot xizmati