×
Menu
Close Menu

​Mini futbol boʻyicha dekan kubogi musobaqasi oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti professor-oʻqituvchilari, klinik ordinatorlar va tinglovchilar oʻrtasida “SOGʻLOM TANDA SIFATLI TAʼLIM” shiori ostida sportning mini-futbol turi boʻyicha dekan kubogi  musobaqasi tashkil etildi.

  Qizgʻin tarzda oʻtgqn musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  Shuningdek, musobaqani tshkil etishda faol ishtirok etgan masʼullarga tashakkurnomalar taqdim etildi.


SamDTU Matbuot xizmati