Joriy yilning 13-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Turkiyaning “Rönesans”, Yaponiyaning “Sojitz” hamda “Infrasia capital Ltd” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, kompaniyalar taqdimotlar orqali tanishtirildi.
Uchrashuv doirasida “Samarqand shifoxonasi” loyihasi bilan tanishilib, uning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi, zaruriy o‘quv dasturlari kabi masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.
SamDTU Matbuot xizmati