×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti 1mlrd 430 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi

  Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston olima ayollari forumi o‘tkazildi.

  Forumda mamlakatimizning eng ilg‘or olima ayollari ishtirok etdi. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Patologik anatomiya seksion-biopsiya kursi bilan kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Xamidova Farida Muinovna “Experimental sharoitda va bemorlarda surunkali obstruktiv bronxit va bronxoektatik kasalliklarining morfogenetik tadqiqotlari asosida differentsial diagnostika mezonlarini ishlab chiqish” nomli loyihasi bilan qatnashib, 1 430 000 000(bir milliard to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi.


SamDTU Matbuot xizmati