×
Menu
Close Menu

​Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi

  Tibbiy pedagogika,oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti va "Tillar" kafedrasi hamkorlikda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab  ma’naviy tadbir o‘tkazildi.

  Tadbirda so‘zga chiqqanlar ulug‘ mutafakkir bobomizning boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritib, uni o‘qib o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish muhim vazifa ekanini ta’kidladilar.

  Tadbir davomida ijro etilgan g‘azal va kuy-qo‘shiqlar orqali yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.



SamDTU Matbuot xizmati