×
Menu
Close Menu

​Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlandi

  Har yili 9-fevral – Hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Jumladan, ulug‘ mutafakkir shoir tavalludining 584 yilligi ham Samarqandda keng nishonlandi. Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i” da tilimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shoir, davlat va jamoat arbobi, so‘z mulkining sultoni, Hazrat Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  Tadbirda Samarqand shahrining bir qator mas’ul shaxslari, soha vakillari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari va talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham bayram tadbirida ishtirok etdi.

  Tadbirda Navoiy dahosi e’tirof etilib, u qoldirgan boy adabiy va ilmiy meros haqida so‘z yuritildi. Shoirning umumbashariy g‘oyalar aks etgan ijodini o‘rganish va keng tatbiq qilish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

  Shuningdek, bobomiz g‘azallaridan namunalar tinglandi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi aks etgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shoir ijodi ulug‘lanib haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.


SamDTU Matbuot xizmati