Bugun Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son va 2-son davolash ishi fakulteti dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalari ishtirokida “Biz yoshlar - giyohvandlikka qarashimiz” shiori ostida davra suhbatI tashkil etildi.
Tadbir davomida SamDTU psixiatriya kafedrasi o‘qituvchisi Ziyodulla Qarshiyev hamda universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratovlar tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi.
Kuchli ta’sir etuvchi psixotrop moddalarning inson salomatligi va jamiyatga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari haqida so‘z yuritilib, talabalar ogohlikka chaqirildi.
SamDTU Matbuot xizmati