×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Meros Pharm” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Meros Pharm” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Joriy yilning 6-fevral kuni SamDTU rahbaryati va “Meros Pharm” kompaniyasi boshqarmasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti va “Meros Pharm” kompaniyasining so‘nggi 5 yilda qo‘lga kiritgan yutuqlari, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.   

  Uchrashuv yakunida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamda “Meros Pharm” kompaniyasi asoschisi Nasimjon Komilov tomonidan ikki muassasa o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.   

  Memorandumda Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-amaliy hamda ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishtirokini oshirish; Hamkorlikda kadrlarni tayyorlash, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilish maqsadida «Meros Pharm» kompaniyasiga qarashli dorixonalarda universitetning farmatsiya fakulteti talabalari va magistratura rezidentlari uchun o‘quv bazalarini rivojlantirish; Magistratura va klinik ordinatura dasturlarida hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Meros lnternational Hospital" klinikasida o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.   

  Shuningdek, universitet talabalari uchun “Meros Pharm” stipendiyasini joriy etish ham rejalashtirilgan.




SamDTU Matbuot xizmati