O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamda Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti bilan hamkorlikda “Eko-turizm” haftaligi doirasida Oliy ta’lim muassasalari talaba - yoshlari, yosh harbiy xizmatchi xodimlar o‘rtasida “MindPlay” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda Samarqand viloyatidagi jami 17 ta oliy ta’lim muassasalaridan jamoalar ishtirok etdi.
Sakkiz kishidan iborat jamoalarga bo‘lingan holda 5 ta tur bo‘yicha qiziqarli savol-javoblar orqali bellashgan talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini oshiribgina qolmay yuqori pozitiv kayfiyatga ega bo‘ldilar.
Bellashuvda yakuniy natijalarga ko‘ra:
3-o‘rin - Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining “Adolat” jamoasiga;
2-o‘rin - Samarqand Davlat Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “Erudit” jamoasiga;
1-o‘rin - Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura va qurilish institutining “Kazo kazolardanmiz” jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev hamda Yoshlar ittifoqi SamDTU BT yetakchisi Sardor Ochilov tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
SamDTU Matbuot xizmati