Ma’lumki, bu dunyoning rivojlanishida insoniyatning taraqqiy etishida ustozning o‘rni beqiyosdir. Inson o‘zini anglagan davrdan boshlab ustozlarga suyangan, ulardan ma’naviy kuch olgan. Respublikamizda oxirgi yillarda oliy ta’lim muassasalarida ishlayotgan professor-o‘qituvchilarga nisbatan e’tibor juda kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, ushbu soyaning yetakchilari bo‘lmish ustoz va murabbiylarga ham yuksak ehtirom ko‘rsatilmokda.
Kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar avlodlarni tarbiyalab yetkazish uchun ulkan jasorat va jur’at kerak. Shunday ulkan jasorat va jur’at egasi, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ko‘p yillar davomida ishlagan va hozirda karilik nafaqasi gashtini surayotgan dotsent Muratov Ixtiyor Muratovich. Ustoz Harbiy xizmatni Dalniy vostok Slosk Dalniy shaxrida o‘tagach, 1978-yildan laborantlik lavozimidan 2021-yil dotsentlik lavozimigacha ish faoliyati davomida ko‘p yillar yosh avlodga ta’lim tarbiya va barkamol yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishda o‘z hissasini qo‘shgan.
2025-yil 14 yanva kuni tibbiy kimyo kafedrasi o‘qituvchilari “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ustoz Ixtiyor Muratovich xonadonida bir piyola choy ustida so‘hbatda bo‘lishdi. «Millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya.» - dedi suxbat davomida ustoz.