O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi” PQ-407-sonli qarori asosida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlardagi aholi qatlamini sog‘lomlashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Qo’shrabot tumanidagi 4 ta OSHP 2025-yil 1-yanvardan boshlab (Jo‘sh oilaviy poliklinikasi, Oqchopsoy, Urganji, Chimmos, Toz va Jombuloq oilaviy shifokorlik punktlari) Samarqand davlat tibbiyot universitetiga klinik baza sifatida foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning 11-yanvarida Qo‘shrabot tumanining olis hududi hisoblangan Jo‘sh MFY dagi aholi SamDTUning malakali tibbiy xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi. Murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlari bajarilib, mahorat darslari tashkil etildi. Mazkur tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan yana bir maqsad imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga qulay tibbiy xizmatni taqdim qilish, doimiy tekshiruv va davolanishlarni yo‘lga qo‘yish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
Shuningdek, OP va OSHPga qarashli axolining salomatlik holatini o‘rganish va kasalliklarning xavf guruxlaridan kelib chiqib, tegishli maslahat va tavsiyalar berish, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish, OP va OSHPda fitobar xizmatini yo‘lga qo‘yish, Qo‘sharabot tuman tibbiyot birlashmasi va unga qarashli KTMP Jo‘sh filiali OSHP vrachlari va o‘rta tibbiy xodimlari malakasini oshirish kabi vazifalar nazarda tutilgan.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi guruhi tomonidan viloyatning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli va tizimli vazifalar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
SamDTU Matbuot xizmati