O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahrida harbiylar va kuch tuzilmalari xodimlarining jangovar yurishi bo‘lib o‘tdi. Jangovar yurish Islom Karimov xiyobonidan boshlandi va Ko‘ksaroy maydonigacha davom etdi. Bayramona yurishda oliy ta’lim muassasalari, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tashkil etilgan bayramona tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda boshqa mutasaddi xodimlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining bugungi kundagi salohiyati va qudratini alohida ta’kidladlab barchani milliy armiyamiz tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" bilan tabrikladilar.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga qurolli kuchlarimiz salohiyatini aks ettirgan harbiy va jangvar chiqishlar, harbiy ko‘rgazmalar namoyish etildi.
SamDTU Matbuot xizmati