Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy 2023-2024-o‘quv yilida Stomatologiya fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari joriy yilning 11-iyun kuni Yakuniy Davlat attestatsiyasi nazoratini muvaffaqiyatli topshirdilar.
Imtihon jarayonlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Simulyatsion markazda o‘tkazildi.
Yozma va og‘zaki tarzda tashkil etilgan sinovlarning adolatli hamda shaffof o‘tishi nazorat qilindi. Imtihonga kuzatuvchi sifatida Toshkent davat stomatologiya institutidan tashrif buyurgan, Terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri, professor Olga Bekjanova universitet bitiruvchilarining yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rganliklarini ta’kidlab, ularning keyingi faoliyatlarida omad tiladi.
SamDTU matbuot xizmati