Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Urugvaylik professor ishtirokida talabalar uchun seminar tashkil etildi

  Joriy yilning 28-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Urugvayning Montevideo universiteti professori, stomatologiya fanlari doktori, ortodontiya va tish-jag’ ortopediyasi bo‘yicha mutaxassis doktor Alberto Canabez tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida Urugvaylik professor SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashib, universitet va uning bugungi kundagi faoliyati, o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr mulohazalar almashildi.

  Shuningdek, Montevideo universiteti professori Alberto Canabez tomonidan SamDTU talabalari uchun “Okklyuziyalar va chakka pastki jag‘ bo‘g‘imlarining o‘zaro bog‘liqligi” mavzusida seminar trening hamda mahorat darslari tashkil etildi. Talabalar mavzu yuzasidan savollariga xorijlik mutaxassis tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati