Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi Buyuk Britaniyalik neyroxirurglar bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 15-20-aprel kunlari SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsent M.A. Aliyev Shotlandiyaning Edinburg shahrida o‘tkazilgan Buyuk Britaniya Neyroxirurglari Jamiyatining kongressida ishtirok etdi.

  Kongress Italiya Neyroxirurglari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi va kongress doirasida sohaning neyroonkologiya, spinal xirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, angioneyroxirurgiya, funksional va stereotaksik neyroxirurgiya, neyroxirurg kadrlarini tayyorlash, neyroxirurgik ilmiy tadqiqot grantlari olib borilishi kabi dolzarb yo‘nalishlardagi sho‘balarda taqdimotlar qilindi, master-klasslar, trening kurslari o‘tkazildi.

  Anjuman dasturida jahondagi eng yetakchi neyroxirurg-professorlar, neyroxirurgiya sohasining taniqli vakillari ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti M.A. Aliyev ham mazkur anjumanda ishtirok etib, Edinburg Qirollik Xospitali va Glazgo shahridagi Qirolicha Yelizaveta Xospitali Neyroxirurgiya Departamentlari o‘tkazilgan yuqori texnologiyali innovatsion operatsiyalarda qatnashdi.

  Anjuman so‘ngida Buyuk Britaniya Neyroxirurglari Jamiyati va SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


SamDTU matbuot xizmati