×
Menu
Close Menu

​“Yosh vatanparvarlarni tarbiyalash faxriylarning muqaddas burchidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

    Urush va mehnat faxriylarining holidan xabar olib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatidir. Yurtimizda Afg‘on urushida qatnashib qaytgan faxriy otaxonlarimiz talaygina. Hukumatimiz tomonidan ular doimo hurmat va e’tiborda.

    Joriy yilning 9-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi bilan hamkorlikda talaba yoshlar o‘rtasida baynalmilal-jangchilar ishtirokida “Yosh vatanparvarlarni tarbiyalash faxriylarning muqaddas burchidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

    Ushbu uchrashuvda jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi bo‘lim boshlig‘i Mavlonov Erkin To‘raqulovich, kengash a’zolari Egamberdiyev Alisher Jo‘raqulovich, Eshqobilov To‘ra Jo‘rayevich Murtozayev Xabibullo Murtozayevich, Ibragimov Xalil Isroilovich, Kafiyev Xushvaqt hamda universitet mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

    Faxriylarimiz talabalarga o‘zlari boshidan kechirgan urush qiyinchiliklari, azoblari va vatan sog‘inchi haqida so‘zlab berib, yoshlarni bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik ko‘zi bilan qarashlarini ta’kidladilar. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z sohalarining yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlari lozimligini uqtirdilar.

    Talabalar faxriy qahramonlarimizdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati