Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Surxondaryolik bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Samarqand davlat tibbiyot universitetida Respublikamizning turli viloyatlaridan ham talabalar tahsil olib kelmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatidan kelib, ta’lim olayotgan talabalar va bitiruvchilar ham talaygina.

    Joriy yilning 2-aprel sanasida Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari va viloyatdagi tibbiyot muassasasi xodimlari Samarqand davlat tibbbiyot universitetiga tashrif buyurib, Surxondaryolik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

    Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.J.Sattorov, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali boshlig‘i A.T.Eshboyev, Surxondaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori F.N.Umarov hamda talabalar ishtirok etdi.

    Suhbat davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ta’lim jarayonlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bitiruvchi bosqich talabalari, ordinatorlarga Surxondaryo viloyatidagi ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ularning keyingi ish faoliyatlarini viloyatda davom ettirishga taklif etildi.

    Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati