Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida seminar o‘tkazildi

    Joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar Respublikamiz hududi bo‘ylab “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida Samarqand davla tibbiyot universitetida ham o‘quv seminari tashkil etildi.

    Seminarda Samarqand viloyati FVBHFXO‘M boshlig‘i, podpolkovnik M.Djaniyev, HFXO‘M xodimlari  A.Turdiqulov, S.Adilov, X.Zoirova, B.Mirzaqobilov hamda universitet Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari rahbarlar tarkibi, SamDTU profilaktika inspektori, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirda so‘zga chiqqanlar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar, oylik o‘tkazilishining sabablari, uning ahamiyati hamda oylik o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘yicha atroflicha to‘xtalib, barcha tadbir ishtirokchilarini oylik davomida amalga oshiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

    Shuningdek, tadbir davomida FVB tomonidan ko‘rgazma hamda amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, yuzaga kelgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.


SamDTU matbuot xizmati