×
Menu
Close Menu

​SamDTUda “Miyadagi surunkali qon aylanishi yetishmovchiligi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

  Joriy yilning 12-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar universitetdagi yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim tizimi va jarayonlari bilan tanishdilar. Universitet qoshidagi Simulyatsion markaz faoliyati, VII avlod robotlari bilan jihozlangan o‘quv xonalari hamda Vet laboratoriya faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, SamDTU ixtisoslashtirilgan ko’p tarmqoli klinikasida ishga tushishi kutilayotgan Xirurgiya markazi va operatsion blog bilan tanishildi. Mehmonlar bilan SamDTU tarixi muzeyiga ham tashrif buyurilib, universitet haqidagi qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

  Tashrifning asosiy qismida “Miyadagi surunkali qon aylanishi yetishmovchiligi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ochib berib, tashkil etilgan seminarning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

  Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari A.A.Irnazarov, M.R. Karimov, M.Sh. Xakimovlar tomonidan SamDTU o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Aorta ravog‘i okklyuzion-stenotik kasalliklari”, “Tashqi qorin churralarining diagnostikasi va jarrohlik amaliyotlariga zamonaviy yondashuv” mavzularida ma’ruzalar qilinib, mahorat darslari o‘tkazildi. Yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


SamDTU matbuot xizmati