Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori A.Kubayev va Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi boshlig’i A.Kim universitetning 3-bosqich doktorantlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda doktorantlarning ilmiy ishlari va tadqiqotlarining tayyorlik holati, ularning qaysi bosqichda ekani tahlil qilinib, aniqlangan mavjud kamchiliklar koʻrsatildi. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kerakli topshiriqlar berildi.
SamDTU matbuot xizmati