×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti dissertantlarining Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bilan uchrashuvi

  2024-yil 4-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida dissertantlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvni universitet rektori, professor Rizaev Jasur Alimdjanovich ochar ekan, Yusupov Axmadbek Tadjievichga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, respublikamizda ilmiy faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi o‘z so‘zida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida rejalashtirilgan yangiliklar, ilmiy daraja va unvonlarga talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazishni osonlashtirish, tayyorlanayotgan ishlar sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar haqida gapirdi.

    Shuningdek, A.T. Yusupov tomonidan har bir dissertant bilan individual qabul o‘tkazilib, yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tavsiyalar va ko‘plab savollarga javoblar berildi.


SamDTU matbuot xizmati