So’nggi yilarda yurtimizda sport va ta’lim sohalariga qaratilayotgan e’tibor tahsinga loyiq. Jumladan talaba yoshlarni ta’lim bilan parallel ravishda ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va sportga jalb qlish borasida ham qator chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham talaba yoshlarning darslardan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko’maklashish hamda ularni sportga jalb qlish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etib kelinadi. Shu maqsadda joriy yilning 5-fevral kuni SamDTU talabalari o’rtasida voleybol sport turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasiga start berilgan edi. Qizlar o’rtasidagi bellashuvlarda 16 jamoa, yigitlar o’rtasidagi bahslarda esa 36 jamoa o’zaro kuch sinashdilar. Bugun yigitlar o’rtasidagi musobaqaning yakuniy bahsi o’tkazildi.
Natijalarga ko’ra Tibbiy pedagokika fakulteti jamoasi III o’rin, Pediatriya fakulteti jamoasi II o’rinni egallagan bo’lsa voleybol bo’yicha Rektor kubogini 2-son davolash fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi.
Shuningdek, qizlar o’rtasidagi bellashuvlarda ham g’olib va sovrindorlar aniqlanib, unga ko’ra III o’rin 1-son Davolash fakultetiga, II o‘rin Farmatsiya fakultetiga va g’oliblik Pediatriya fakultetiga nasib etdi.
G’olib va sovrindorlarga medal va kuboklarni topshirish marosimi tantanali ravishda tashkil etilib, unda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligining Fan-ta'lim va innovasiylar boshqarmasi boshlig'i O'ktam Ismailov hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so’zga chiqqan Jasur Rizayev va O'ktam Ismailov bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimi va sport sohasidagi sezilarli darajadagi ijobiy o’zgarishlarga to’xtalib, yoshlarimizni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdilar.
SamDTU matbuot xizmati