×
Menu
Close Menu

​SamDTU da Gender tenglik masalalariga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi

  Gender tengligi erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglikbu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

  Joriy yilning 21-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 1-son davolash fakulteti xotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari N.K.Raxmonovna tashabbusi bilan Gender tenglik masalalariga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultetda faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar, kafedra mudirlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbirda soʻnggi yillarda yurtimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani haqida soʻz yuritilib, mazkur masala yuzasidan bir qator qonun hujjatlari qabul qilingani taʼkidlab oʻtildi.


SamDTU matbuot xizmati