Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida mutaxassisliklar boʻyicha malaka imtihonlari boʻlib oʻtmoqda

  Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy izlanuvchilari uchun mutaxassisliklar boʻyicha malaka imtihonlari boshlandi.

  Imtihon jarayonlarida SamDTU malakaviy imtihonlar hay’at azolarini tashkil qiluvchi professor-oʻqituvchilar, universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori A.S.Kubayev ishtirok etmoqda. Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarning bilim va malakalarini professor-o'qituivchilardan iborat hakamlar hay'ati og'zaki savol-javob shaklida sinovdan o'tkazmoqdalar.

  Malaka imtihonlari universitetda akusherlik va ginekologiya; otorinolaringologiya; ichki kasalliklar; oftalmologiya; pediatriya; nevrologiya; jarrohlik; stomatologiya hamda bolalar jarrohligi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.


SamDTU matbuot xizmati