×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻlom turmush tarzining shakllanishida tibbiy profilaktikaning ahamiyati” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi

  Yurtboshimiz tashabbusi va koʻmagi ostida sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bugungi kunda aholi oʻrtasida tibbiy savodxonlikning oshishi hamda tibbiy xizmat sifatining yanada yaxshilanishiga zamin yaratmoqda.

  Joriy yilning 16-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻlom turmush tarzining shakllanishida tibbiy profilaktikaning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmi-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanda Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Suxrob Zayniyev, SamTDU rektori Jasur Rizayev hamda yurtimiz va xorijiy mamlakatlarning soha vakillari ishtirok etdi.

  Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy savodxonlikni oshirish masalalariga qaratilgan anjumanda mazkur vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirishda tibbiy profilaktikaning oʻrni va ahamiyati xususida so’z yuritilib, “O‘zbekistonda qishloq sharoitida sog‘lom ovqatlanish  muammolari”, “Oziq-ovqat xavfsizligini oshirish, atrof-muhitga salbiy taʼsirlarni kamaytirish asoslarini takomillashtirish”, “Markaziy Osiyoning ekologik sig‘imi muammolarining inson salomatligiga ta’siri va tibbiyot tizimidagi  muammolari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

  Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki bugungi kunda yurtimiz aholisining oʻn milliondan ortigʻi sogʻlom turmush tarziga rioya etmaydilar va natijada 50 foiz aholi “Semizlik” kasalligidan aziyat chekmoqda. Tashkil etilgan xalqaro anjuman ishida shu kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar rejasi muhokamalar markazida boʻldi.


SamDTU matbuot xizmati