×
Menu
Close Menu

​“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi. Seminarda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasida Taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi Sh.Xamidova, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi SamDTU boshlangʻich tashkiloti yetakchisi X.Abbasov, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, Buyuk Britaniyada tahsil olgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendianti M.Xamidov hamda universitet talaba yoshlari ishtirok etdi.

  Uchrashuvda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati, jamgʻarmaning taʼlim dasturlari va tanlovlarda qatnashish shartlari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bir qator boshqa loyihalar talabalarga tanishtirilib, fikr almashinildi.

  Tadbir soʻnggida talabalarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati