Samarqand davlat tibbiyot universitetida taʼlim olayotgan talabalarning turli buzgʻunchi oqimlar, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olish hamda ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarning sodir etilishini oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, bugun 1-son davolash fakulteti 1-2-bosqich talabalari bilan talaba yoshlarni turli DEO/XTTlar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olish va yoʻl harakati qoidalariga amal qilinishini targʻib qilish shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Samarqand shahar harakat xavfsizligi boshqarmasi boʻlim boshligi Z.Axmedov, universitet inspektori O.Eshmurodov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi B.Rashidovlar ishtirok etdi. Mavzu yuzasidan kerakli maʼlumotlar berilib, talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.
SamDTU matbuot xizmati