Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ikki buyuk siymoga ehtirom

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti katta majlislar zalida ikki buyuk bobokalonimiz Hazrat Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Nazm va navo” konsert dasturi tashkil etildi.

  Badiiy kechada viloyat Madaniyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi Valixon Umarov, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi raisi Toshpoʻlat Tugalov, Samarqand viloyat Maqom ansambli rahbari Abdunabi Toʻxtayev hamda SamDTU universitet masʼul xodimlari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

  Ikki buyuk shaxs ijodidan tayyorlangan “Nazm va navo” konsert dasturi barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.


SamDTU matbuot xizmati