×
Menu
Close Menu

​Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlandi

  Har yili 9-fevral – Hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun yurtimiz boʻylab keng nishonlanadi. Jumladan, ulugʻ mutafakkir shoir tavalludining 583 yilligi ham Samarqandda keng nishonlandi. Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻi” da tilimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan shoir, davlat va jamoat arbobi, soʻz mulkining sultoni, Hazrat Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

  Tadbirda Samarqand shahrining bir qator masʼul shaxslari, soha vakillari hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari va talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham bayram tadbirida ishtirok etdi.

  Tadbirda Navoiy dahosi eʼtirof etilib, u qoldirgan boy adabiy va ilmiy meros haqida soʻz yuritildi. Shoirning umumbashariy gʻoyalar aks etgan ijodini oʻrganish va keng tatbiq qilish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

  Shuningdek, bobomiz gʻazallaridan namunalar tinglandi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi aks etgan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Shoir ijodi ulugʻlanib haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.


SamDTU matbut xizmati