Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Navoiyxonlik tadbiri bo'lib o'tdi

  9-fevral – Gʻazal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Mazkur sana munosabati bilan joylarda turli uchrashuvlar va bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham Аlisher Nаvoiy tаvаlludining 583 yilligi arafasida mutafakkir bobomiz ilmiy va badiiy meʼrosini oʻrganish va uni targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

  Joriy yilning 8-fevral kuni SamDTU Stomatologiya fakulteti tomonidan Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani A. Axmedov, dekan oʻrinbosarlari, tyutor va professor oʻqituvchilar hamda universitet profilaktika inspektori ham ishtirok etib, Navoiy siymosi, uning ijodini oʻrganishga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdilar.

  Tadbirda ulugʻ bobomiz ijodiy merosidan oʻrin olgan gʻazal va ruboiylar oʻqilib, shoir dahosi eʼtirof etildi. Fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari hamda ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha ruh baxsh etdi.

  Shuningdek, fakultetda o’zining bilimi, salohiyati va faolligi bilan namuna bo’lgan talabalar va ularning ota-onalariga fakultet dekani tomonidan tashakkurnomalar tarqatildi.


SamDTU matbuot xizmati