Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU da “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” mavzusidagi seminar oʻz ishini boshladi

  Joriy yilning 5-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida doktorantlar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” mavzusida oʻquv seminari oʻz ishini boshladi.

  Seminar ochilishida SamDTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Kubayev Aziz Saydolimovich, Janubiy Qozogʻiston Tibbiyot akademiyasi birinchi prorektori, professor Yesirkepov Marlen Maxmudovich hamda SamDTU Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Kim Antonina Amurovalar ishtirok etdi. 

  Ochilishda tashkil etilayotgan mazkur oʻquv seminari magistr, doktorant va barcha ilmiy izlanuvchilarga oʻz ilmiy faoliyatlarini toʻgʻri, aniq, samarali va yuqori saviyada yuritishlariga yordam berishi haqida aytib oʻtildi.

  Besh kun davom etishi rejalashtirilgan oʻquv seminarida “Ilmiy tadqiqot yoʻnalishini tanlash, ilmiy maʼlumotlarni qidirish, toʻplash va qayta ishlash”, “Maqolani nashrga tayyorlashning asosiy bosqichlari”, “Dissertatsiya ishlarini tayyorlash algoritmi”, “Maqola va dissertatsiya tayyorlashdagi odatiy xatolar. Xorijiy grantlar” mavzusidagi maʼruzalar tinglanishi koʻzda tutilgan.


SamDTU matbuot xizmati