×
Menu
Close Menu

​Tibbiy pedagogika fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

  Joriy yilning 2-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika fakulteti dekani F.A.Daminov talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda fakultet faoliyatiga doir bir qancha masalalar oʻrtaga tashlanib, talabalarning darslarni oʻzlashtirish darajasi, ularning tadbirlardagi faolligi tahlil qilindi.

  Shuningdek, kelgusida fakultetda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi tanishtirildi. Talabalarning Respublika va xalqaro tanlovlar, nomdor stipendiyalar sovrindori boʻlishi uchun sharoit yaratish va maʼlumotlar berish borasida fikrlar bildirildi. Jumladan, “Rektor stipendiyasi” va unga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar haqida ham barcha maʼlumotlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

  Uchrashuv davomida fakultetda har tomonlama faollik koʻrsatib turli tanlovlar va tadbirlarda namuna boʻlib kelayotgan talabalarga tashakkurnoma va diplomlar topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati