Joriy yilning 27-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida doktorantlar, klinik ordinatorlar, malaka oshirish kurslari talabalari uchun ochiq integral maʼruza tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Immunologiya va genomika instituti yetakchi ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ismailova Adolat Abdurahimovna tomonidan “Hozirgi bosqichda birlamchi immunitet tanqisligi holatlarining klinik tavsifi va laboratoriya diagnostikasi” mavzusida maʼruza oʻqilib, kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.
Birlamchi immunitet tanqisligi (PID) — genetik nuqsonlar tufayli kelib chiqqan immunitet reaktsiyasining buzilishi. Aksariyat hollarda ular irsiy boʻlib, konjenital patologiyalardir. PID koʻpincha erta yoshda aniqlanadi, lekin baʼzida ular oʻsmirlik yoki hatto balogʻat yoshiga qadar tashxis qoʻyilmaydi.
PID turli xil klinik koʻrinishga ega boʻlgan tugʻma kasalliklar guruhidir. Kasalliklarning xalqaro tasnifi 36 ta tavsiflangan va yetarlicha oʻrganilgan birlamchi immunitet tanqisligi holatini oʻz ichiga oladi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha javoblar berildi.
SamDTU matbuot xizmati