×
Menu
Close Menu

Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida sportchilarni tayyorlash markazi va sport maktablarining sport vrachlari uchun darslar tashkil etildi

  Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish kishida har tomonlama jismoniy rivojlanish imkonini va fiziologik funksiyalarni takomillashtirishga yordam beradi hamda inson organizmini har tomonlama mustahkamlashga olib keladi. Jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama rivojlanishi uchun insonning barkamol rivojlanishi, sogʻligʻini saqlash va uni mustahkamlash, sportchilarning jismoniy faoliyatini oʻrganib yaxshilash esa bu sport tibbiyotining asosiy maqsadi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida sport tibbiyotini rivojlantirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, yaqinda SamDTU Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi mudiri, dotsent Zilola Mavlyanova Padova universiteti (Italiya) sport kardiologiyasi boʻyicha seminarda qatnashdi.

  Kafedra xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29 iyuldagiTaekvando (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-337-son qarorining 6-bandidaTaekvandochilarning sport tibbiyoti boʻyicha bilimlarini oshirishbelgilangan topshiriqni ijrosini amalga oshirish boʻyicha ham amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, SamDTU Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi jismoniy tarbiya va sport kafedrasi hamkorligida Samarqand shahar yakka kurash turiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilari, murabbiylari va mutaxassislari uchunTaekvando bilan shugʻullanuvchilarda sport travmalari reabilitatsiyasimavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

  Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagiJismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaqaroriga asosan, 2023-yilning dekabr oyidan boshlab SamDTU tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi xodimlari tomonidan Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash markazi va sport maktablarining sport vrachlari uchun 36 soatlikSport farmakologiyasimalaka oshirish kursi tashkil qilindi. Mazkur kursni muvaffaqiyatli bitirganlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

  Sport tibbiyoti soha xodimlarini malakasini oshirish ishlari muntazam ravishda davom etilmoqda.


SamDTU matbuot xizmati