×
Menu
Close Menu

​Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yuzasidan yigʻilish tashkil etildi

  Joriy yilning 15-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Tangirov Eldor Sayfullaevich boshchiligida yigʻilish oʻtkazildi. Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, Tyutorlar, Universitet profilaktika inspektori O.Eshmurotov,Universitet psixologi D.Djurayeva, Matbuot xizmati rahbari O.Axmedov, Universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Abbasov hamda TTJ boʻlimi boshligʻi B.Yoʻldoshevlar ishtirok etdi.

  Yigʻilishda oʻtgan yil davomida amalga oshirilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, tashkil etilgan tadbirlar va tanlovlar haqida soʻz yuritilib, tahlildan oʻtkazildi. Shuningdek, 2024-yil davomida amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tanishtirildi. Kerakli tavsiyalar berildi. Jumladan, yil davomida talabalarning darslardan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish va ularni turli zararli illatlar taʼsiridan himoyalash maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish, Talabalar turar joylarida turli qiziqarli oʻyinlar: kitobxonlik tanlovlari, zakovat oʻyinlarini oʻtkazish topshirigʻi berildi.


SamDTU matbuot xizmati