Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Xalqaro taʼlim fakulteti bitiruvchi talabalarining Yakuniy Davlat Attestatsiyasi (OSKE) imtihonlari boʻlib oʻtdi.
Imtihon yakuniy davlat attestatsiyasi raisi Toshkent davlat stomatologiya instituti Stomatologiya fakulteti dekani U.N.Vohidov tomonidan ochib berildi. Shuningdek, SamDTU Xalqaro taʼlim fakulteti dekani t.f.d, dots S.E.Mamarajabov ham soʻzga chiqib, fakultetining barcha bitiruvchi talabalariga sinovlarda omad tiladi.
Imtihon jarayonlari ogʻzaki va amaliy koʻnikmalarni sinovdan oʻtkazish orqali odilona, shaffof tarzda tashkil etildi. Toshkent davlat stomatologiya instituti Stamatologiya fakulteti dekani U.N.Vohidov imtihon jarayonlari hamda simulyatsion markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
SamDTU matbuot xizmati